Юридический блог и новости
Новые законы, обновления платформы и практические разборы от проверенных адвокатов.
28 окт. 2026 г.
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINMast holda haydash va tekshiruvdan bo'yin tovlash
YHXX inspektori «ichgansiz, tekshiruvdan o‘tasiz» dedi. Endi nima bo‘ladi? Bir noto‘g‘ri imzo yoki bitta «o‘tmayman» degan so‘z — bu 3 yilga pravadan mahrum bo‘lish va o‘n millionlab so‘m jarima. Bu maqolada advokat sifatida A dan Z gacha tushuntiraman: - mast holda haydash (131-modda) va tekshiruvdan bo‘yin tovlash (136-modda) uchun 2026-yilda qanday jazo bor; - alkotester va tibbiy tekshiruv qonun bo‘yicha qanday o‘tkazilishi shart; - tekshiruv vaqtida sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz; - «ichmagan bo‘lsangiz ham, o‘tmayman deb yozib bering, yengilroq jazo bo‘ladi» degan tuzoq; - sud, shikoyat muddatlari, hayotiy misollar va eng ko‘p uchraydigan xatolar.
49 000 сум
28 окт. 2026 г.
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINPRAVAni muddatidan oldin qaytarish
Pravangiz olib qo‘yildimi va muddat tugashini kutishga sabringiz yo‘qmi? Qonunda guvohnomani muddatidan oldin qaytarib olish yo‘li bor. Lekin u avtomatik emas: muayyan shartlar bajarilishi va to‘g‘ri hujjatlar bilan sudga murojaat qilinishi kerak. Bu maqolada advokat sifatida butun jarayonni A dan Z gacha tushuntiraman: - qaysi qoidabuzarlik uchun qancha muddatga mahrum qilinadi (2026-yil, yangi ball tizimi bilan); - muddat qaysi kundan hisoblanadi va qanday xato uni uzaytirib yuboradi; - muddatidan oldin qaytarishning 4 ta qonuniy sharti; - qaysi sudga, qanday hujjatlar bilan murojaat qilinadi; - sudda nima so‘raladi va qanday javob berish kerak; - rad etilsa nima qilish, hayotiy misol va eng ko‘p uchraydigan xatolar.
49 000 сум
12 окт. 2026 г.
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINLegon’dan qanday foydalaniladi: hujjat olish, advokatga savol berish va konsultatsiya
Legon — yuridik hujjatlar, advokatlar va huquqiy bilimlarni bitta joyga jamlagan onlayn platforma. Bu yo‘riqnomada saytdan qanday foydalanishni qadamma-qadam tushuntiramiz: ro‘yxatdan o‘tish, kerakli ariza yoki shartnomani tayyorlab yuklab olish, advokatga savol berish, onlayn konsultatsiyaga yozilish, tariflar, bepul kalkulyatorlar va mobil ilova.
Бесплатно
12 окт. 2026 г.
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINJismoniy shaxsni bankrot deb topish
Kreditlar, qarzlar, penyalar o‘sib boryapti, maoshingiz esa faqat foizlarga yetyaptimi? 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda oddiy fuqaro ham o‘zini sud orqali to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topishni so‘rashi mumkin. Bu yo‘l qarzlarni 3 yilgacha bo‘lib to‘lash rejasini tuzish yoki mol-mulk sotilgandan keyin qolgan qarzlardan qonuniy ozod bo‘lish imkonini beradi. Lekin bu oson yo‘l emas: xato qilsangiz, uy-joyingizdan ayrilishingiz, qarzlardan esa ozod bo‘lmasligingiz mumkin. Maqolaning to‘liq qismida, advokat sifatida, butun jarayonni boshidan oxirigacha tushuntiraman: - kim bankrot deb topilishi mumkin va qarz qancha bo‘lishi kerak (2026-yil uchun aniq summa bilan); - qaysi sudga, qanday hujjatlar bilan murojaat qilinadi va jarayon necha pul turadi; - qarzni qayta tuzish rejasi: penya to‘xtaydi, taqiqlar olinadi, to‘lov 3 yilga bo‘linadi; - bankrotlik va mol-mulkni sotish: nima olinadi, nima qoladi, chet elga chiqish cheklovi; - qaysi qarzlar kechiladi va qaysilari hech qachon kechilmaydi; - ipoteka va avtokredit, er-xotinning umumiy mol-mulki, qarindoshga o‘tkazilgan mulk; - bankrotlikdan keyingi 5 yil: nimalar cheklanadi; - hayotiy misol, 10 ta ko‘p beriladigan savol va eng ko‘p uchraydigan xatolar.
49 000 сум