Юридик блог ва янгиликлар
Янги қонунлар, платформа янгиликлари ва тасдиқланган адвокатлардан амалий маслаҳатлар.
31 окт, 2026
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINBir xil nizo — ikki xil narx: fuqaro sudga nega tadbirkordan ko‘p boj to‘laydi?
Fuqaro 500 million so‘mlik shartnomani bekor qilish uchun sudga murojaat qilsa, 20 million so‘m davlat boji to‘laydi. Xuddi shunday shartnomani bekor qildirmoqchi bo‘lgan tadbirkor esa 4 million 400 ming so‘m to‘laydi. Shartnoma qiymati 5 milliard bo‘lsa, fuqaro 200 million, tadbirkor yana o‘sha 4,4 million so‘m to‘laydi. Bu farq qonundagi bo‘shliqdan kelib chiqqan, Oliy sud Plenumi esa bu bo‘shliqni fuqaro uchun eng og‘ir stavka bilan to‘ldirgan. Ushbu maqolada amaldagi qonunchilik asosida fuqarolik va iqtisodiy sudlardagi davlat boji qoidalaridagi to‘rtta nomuvofiqlikni ko‘rsataman va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni beraman.
Бепул
28 окт, 2026
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINMast holda haydash va tekshiruvdan bo'yin tovlash
YHXX inspektori «ichgansiz, tekshiruvdan o‘tasiz» dedi. Endi nima bo‘ladi? Bir noto‘g‘ri imzo yoki bitta «o‘tmayman» degan so‘z — bu 3 yilga pravadan mahrum bo‘lish va o‘n millionlab so‘m jarima. Bu maqolada advokat sifatida A dan Z gacha tushuntiraman: - mast holda haydash (131-modda) va tekshiruvdan bo‘yin tovlash (136-modda) uchun 2026-yilda qanday jazo bor; - alkotester va tibbiy tekshiruv qonun bo‘yicha qanday o‘tkazilishi shart; - tekshiruv vaqtida sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz; - «ichmagan bo‘lsangiz ham, o‘tmayman deb yozib bering, yengilroq jazo bo‘ladi» degan tuzoq; - sud, shikoyat muddatlari, hayotiy misollar va eng ko‘p uchraydigan xatolar.
49 000 сўм
28 окт, 2026
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINPRAVAni muddatidan oldin qaytarish
Pravangiz olib qo‘yildimi va muddat tugashini kutishga sabringiz yo‘qmi? Qonunda guvohnomani muddatidan oldin qaytarib olish yo‘li bor. Lekin u avtomatik emas: muayyan shartlar bajarilishi va to‘g‘ri hujjatlar bilan sudga murojaat qilinishi kerak. Bu maqolada advokat sifatida butun jarayonni A dan Z gacha tushuntiraman: - qaysi qoidabuzarlik uchun qancha muddatga mahrum qilinadi (2026-yil, yangi ball tizimi bilan); - muddat qaysi kundan hisoblanadi va qanday xato uni uzaytirib yuboradi; - muddatidan oldin qaytarishning 4 ta qonuniy sharti; - qaysi sudga, qanday hujjatlar bilan murojaat qilinadi; - sudda nima so‘raladi va qanday javob berish kerak; - rad etilsa nima qilish, hayotiy misol va eng ko‘p uchraydigan xatolar.
49 000 сўм
12 окт, 2026
SHAMSIDDINOV MUXRIDDINLegon’dan qanday foydalaniladi: hujjat olish, advokatga savol berish va konsultatsiya
Legon — yuridik hujjatlar, advokatlar va huquqiy bilimlarni bitta joyga jamlagan onlayn platforma. Bu yo‘riqnomada saytdan qanday foydalanishni qadamma-qadam tushuntiramiz: ro‘yxatdan o‘tish, kerakli ariza yoki shartnomani tayyorlab yuklab olish, advokatga savol berish, onlayn konsultatsiyaga yozilish, tariflar, bepul kalkulyatorlar va mobil ilova.
Бепул