Uyingiz 2 kv.m kichik chiqsa ham, pul qaytmaydi: qurilish shartnomasidagi «kvadrat metr» tuzog‘i
100 kv.m lik xonadon uchun pul to‘ladingiz, lekin uy 98 kv.m chiqdi. 30 million so‘mlik maydonni olmadingiz, ammo shartnomaga ko‘ra sizga bir so‘m ham qaytarilmaydi. Uy atigi 10 santimetr kichikroq — 97,9 kv.m chiqsa-chi? Unda 31,5 million so‘m qaytariladi. Bitta qurilish shartnomasidagi ikki band misolida «kvadrat metr» shartlari xaridorga qanday tushishini raqamlar bilan ko‘rsatamiz va imzolashdan oldin nimaga e’tibor berish kerakligini aytamiz.
4 ноябр, 202619
